Odatda, “davlat byudjeti tasdiqlandi”, degan atamaga ko`p duch kelamiz. Lekin uni ko`pchilik, ya`ni oddiy fuqarolar tushunib etavermaydi. Chunki unda keltirilgan raqamlar batafsil ma`lumot olish mushkul. Shu bois joriy yildan boshlab mamlakatimizda “Fuqarolar uchun byudjet — 2018” nashri chop etiladigan bo`ldi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad fuqarolarni byudjet tizimi, 2018 yilga mo`ljallangan davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarini shakllantirish va ularning parametrlari haqida keng xabardor qilishdir.
Shu bilan birga, mazkur nashr byudjet siyosati maqsadlari va ustuvorliklarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan bo`lib, fuqarolarni byudjetni muhokama qilish va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.
“Fuqarolar uchun byudjet—2018” nashri yaqin kunlarda rasman taqdim etiladi.
"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, ushbu nashr O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tayyorlangan.






