Indoneziyadaso`nggi yillarda qahva iste`moliga bo`lgan talab sezilarli darajada ortib bormoqda, deb xabar berdi TASS nashri.
Aholining qahvaga bo`lgan talabining ortishi esa eksport kamayishiga olib kelmoqda.
Indoneziya aholisining aksariyat qismi faqatgina choy iste`mol qilib kelgan. Biroq so`nggi yillarda qahva mamlakatdagi deyarli barcha xonadonlarga kirib bordi va unga bo`lgan talab ham keskin ravishda ortdi. Shu sababli mamlakat bo`ylab minglab qahvaxonalar ochildi.Mana shu talablardan kelib chiqib qahva plantasiyalarida etishtirilayotgan mahsulotni eksport qilish bir necha foizga tushib ketgan. Endi xorijlik xaridorlar uchunqahva narxi ikki barobarga oshdi. Yangi terim mavsumida hosilning eng sifatli qismi avval mahalliy xaridorlarga beriladi. Qolgani esa eksport qilinadi.
Mahalliy aholining ushbu mahsulotga talabini oshirish uchun yuz yillar kerak bo`ldi. Yangi avlod vakillari choy o`rniga qahva ichmoqda va ular muntazam ravishda qahvaxonalarga borishmoqda. O`tgan yillarda mahsulotning yarmidan ko`pi chetga chiqarilgan bo`lsa, endi bunga hojat qolmadi. Sifatli qahva mamlakatda qolmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bo`ylab Indoneziya qahvasiga talab yuqori. Ammo 2018 yilning birinchi choragida eksport 2017 yilga nisbatan 26 foizga kamaydi. Hisob-kitoblar agar holat shu tariqa davom etsa, 2025 yilga kelib, Indoneziya qaxva ekportini butunlay to`xtatishi mumkinligini ko`rsatmoqda.






