2018 yil, 22 iyun kuni tahminan soat 19.51da Toshkent shahar IIBB YXBga Mirobod tumani Aliev ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uyning ikkita xonadonida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi.
Yong`in 3-qavatdagi xonadonda kelib chiqqan va dastlabki taxminga ko`ra, bunga gaz plitasida yog` qizdiralayotgan qozonning qarovsiz qoldirilgani sabab bo`lgan. Olovni mustaqil o`chirish vaqtida xonadonning 4 nafar a`zosi kuyish jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Alanga yuqori qavatning balkoniga o`tgan. Ushbu xonadondan 3 kishi o`t o`chiruvchilar tomonidan qutqarib olingan.
Soat 20.13da tezkor harakatlar natijasida yong`in to`liq bartaraf etilgan.






