16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qo`lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliev ozod qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Nashr manbasiga ko`ra, hozirda u qarindoshlarinikida.
1972 yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug`ilgan, 2014 yilda AQSh fuqaroligini olgan va shu kungacha mazkur mamlakatda yashab kelgan Zokir Aliev qarindoshlarining taklifi bilan O`zbekistonga kelgan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati Zokir Alievni 2005 yildan beri «O`zbekiston islom harakati» faoliyatiga aloqadorligi uchun qidiruvda bo`lgani, hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo`llash masalasi ko`rib chiqilayotganini bildirgandi.






