AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda dangasalarga yodgorlik o`rnatildi

'Qoraqalpog`istonda dangasalarga yodgorlik o`rnatildi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda "Bilimsiz va dangasa insonning jamiyatdagi o`rni" deya nomlanuvchi yodgorlik o`rnatildi, deb xabar berdi Kruz.uz.

Yodgorlik Qonliko`l tumanidagi "Baxtli" dam olish parkida o`rnatildi.

"Unda yuzaga kelgan ozgina muammolar oldida bosh egib, hech qanday maqsadga intilmaydigan, kitob o`qimaydigan, mehnat qilishni xohlamaydigan, beparvo insonlarning xalq o`rtasida va jamiyatimizdagi egallagan o`rni aks ettirilgan. Bunday insonning o`rni faqatgina… "bo`shliq", — deyiladi xabarda.

Esdalikni o`rnatishdan asosiy maqsad yoshlarni kitob o`qishga, bilim olishga, hayotda uchragan muammolarni mardona engib o`tishga, mehnat qilish orqali jamiyatda o`zining munosib o`rnini topishga intilish tuyg`ularini shakllantirishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar