AQSh havo kuchlariga tegishli "A-29 Super Ticano" rusumli harbiy samolyot Nyu-Meksiko shtatida qulab tushgan.
Xabarda qayd etilishicha, halokat kecha mahalliy vaqt bilan soat 11.30da sodir bo`lgan. Hozircha faqat harbiy samolyotning uchuvchisi jarohat olgani va u shifoxonaga etkazilgani ma`lum, boshqa jabrlanganlar taqdiri oydinlashtirilmoqda.
"A-29 Super Ticano" Braziliyaning "EMB-314" rusumli engil turbovintli hujumkor samolyotining AQSh havo kuchlari uchun mo`ljallangan modifikasiyasidir. Pentagon ushbu turdagi samolyotlarni yozgi tayyorgarlik mashqlari, razvedkada foydalanadi.
Eslatib o`tamiz, may oyida AQShning Jorjiya shtatida "S-130" rusumli harbiy-transport samolyot qulab tushgan edi. Halokat oqibatida bortdagi to`qqiz kishining bari qurbon bo`lgan.






