AsosiyJamiyat

O`zbekistonning go`zal go`shalariga vertolyotda sayr qilish imkoniyati yaratildi

'O`zbekistonning go`zal go`shalariga vertolyotda sayr qilish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasining «Maxsus aviasiya ishlari» aviakompaniyasi turoperatorlar, agentliklar va barcha xohlovchilarga O`zbekistonning go`zal go`shalariga vertolyotda sayr qilish xizmatidan foydalanishni taklif etadi.

«O`z kasbining ustasi bo`lgan vertolyot uchuvchilari nafaqat sizning xavfsizligingizni ta`minlaydi, balki sizni manzilingizga tez va qulay eltib qo`yishadi», deyiladi MAK axborot xizmati xabarida.

Mi-8MTV-1 — ishonchli vertolyot, bir parrakli sxema bo`yicha bajarilgan, ikkita gazturbinali dvigatelga va uch tayanchli shassiga ega. Sayohat uchun 16 o`rindiqli VIP-klass va 22 o`rindiqqa ega bo`lgan ekonom klass Mi-8 vertolyotlaridan foydalaniladi. Vertolyotda sayr qilishning o`ziga xis jihati shundaki, u etib borish qiyin bo`lgan joylarga ham qo`nib va uchib keta oladi.

Yozgi mavsumning eng issiq pallasi — chillada vertolyotni Chimyon meteostansiyasi vertolyot maydonchasida, Chorvoq oromgohi dam olish zonasida qo`ndirish va shu erning o`zida qisqa muddatli parvozlarni bajarib, dam oluvchilarga unutilmas lahzalarni hadya qilish mumkin.

Xizmatlar jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham ko`rsatiladi. Ma`lumotlar olish uchun +998 (71) 258-05-50, +998 (71) 258-49-22 (e-mail: aksar@uzairways.com) telefonlariga murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar