Poytaxtimizdagi muhtasham "Milliy" ("Bunyodkor") stadionda 23 iyun - Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan marafon o`tkazildi.
7 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan engil atletika ixlosmandlari stadionga jam bo`lishdi. 1 km. masofaga bo`lgan yugurishda g`olib bo`lganlar Milliy olimpiya qo`mitasining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
"Olympic day" tadbirining ikkinchi qismi kech soat 18:00 da sportchilarning qizg`in chiqishlari bilan davom ettiriladi. Tadbir futbol-shousi bilan nihoyasiga etdi.










