Toshkent shahrida YPX va PPX avtomobillari yangi ko`rinishga ega bo`ldi, deb xabar qilmoqda IBBB matbuot xizmati.
“Bu esa tizimda olib borilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlarning bir qismi bo`lib, Toshkent shahar ichki ishlar organlari xizmati sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qo`yayotganidan dalolat beradi”, — deyilgan xabarda.
Yangi avtomobillar inspektorlarning kundalik xizmati uchun zarur bo`lgan barcha zarur aloqa vositalari hamda tashqi va ichki kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.







