AsosiySport

JCh-2018. Kolumbiya Polshani yirik hisobda taslim etdi

'JCh-2018. Kolumbiya Polshani yirik hisobda taslim etdi'ning rasmi

JCh-2018 doirasidagi "H" guruhining 2-turidan o`rin olgan Polsha - Kolumbiya uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv biroz kutilmaganda Polsha terma jamoasining yirik 0:3 hisobidagi mag`lubiyati bilan yakunlandi. Mina, Falkao va Kuadrado tomonidan kiritilgan gollar Polshaning guruhdan chiqa olmasligiga zamin yaratdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Ushbu "kvartet"da Senegal, Yaponiya va Kolumbiya terma jamoalari nimchorak final yo`llanmasi uchun oxirgi turda kurashishadi.

JCh-2018. "H" guruhi, 2-tur.

Polsha - Kolumbiya 0:3

"Kazan Arena" stadioni.

Gollar: Mina (40), Falkao (70), Kuadrado (75)

Polsha – Shesni, Pishchek, Bednarek, Pazdan (Glik, 80), Ribus, Guralski, Krixovyak, Zelinski, Bereshinski (Teodorchik, 72), Kovnaski (Grosiski, 57), Levandovski.

Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas, Sanches, Agilyar (Uribe, 32), Barrios, Kintero (Lerma, 73), Kuadrado, Xames, Falkao (Bakka, 78).

Bosh hakam: Sezar Ramos

Ogohlantirishlar: Bednarek (61), Guralski (85).

Boshqa yangiliklar