Kecha futbol bo`yicha Jahon chempionatining 2-tur bahslariga yakun yasaldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Kun doirasida 3 ta o`yin o`tkazildi. Angliya Panamani 6:1 mag`lub etdi, Yaponiya va Senegal 2:2 hisobida durang o`ynadi. Kolumbiya esa Polshani 3:0 ko`rinishida yutdi.
Umumiy hisobda bir kun doirasida 14 ta gol urildi. Bunday natija so`nggi 28 yil ichida qayd etilmagan edi. So`nggi bor mundial bir kunida urilgan 14 ta gol 1990 yilda sodir bo`lgandi. Bunday statistika bir kunda 3 ta o`yin o`tkazilishga qarab tuzilgan.






