Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Mersedec Benz rusumli yo`lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar bermoqda.
Yong`in boshlanishi bilan yo`lovchilar tezlikda avtobus salonini tark etishgan va yong`in havfsizligi xizmatiga qo`ng`iroq qilishgan.
Voqea joyiga tez fursatda etib kelgan yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari olovni o`chirishgan. Ushbu hodisa tufayli jarohatlanganlar yo`q.
Ayni damda yong`in sabablari o`rganilmoqda.





