1

Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi

Madaniyat 26.06.2018, 10:37
Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi

Bugun, 26 iyun kuni O`zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 81 yoshida olamdan o`tdi.

Tahririyatimiz va muxlislar nomidan san`atkorning oila a`zolariga ta`ziya bildiramiz.

Alloh rahmatiga olgan bo`lsin.

Sharipov Husan Ortiqovich 1937 yilning 27 iyulida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1963 yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent Davlat San`at va Madaniyat institutining musiqali drama aktyorligi fakultetini tamomlagan.

1988-yil Xizmat ko`rsatgan artist unvoniga sazovor bo`lgan.

1991-yil Xalq artisti unvoniga ega bo`ldi.

1999-yil «Mehnat Shuhrati» ordeni topshirildi.

Aktyor ko`plab filmlarda rol ijro etgan:

1982-yil-Suyunchi

1984-yil-Vodillik Kelin

1985-yil-Kelinlar qozg`oloni

1986-yil-Maysaraning ishlari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1