Agar Sampaoli shogirdlari keyingi bosqichga chiqa olishmasa, bu Messi o`ynagan eng yomon jahon chempionati bo`ladi.
“S” guruhi. 19:00
AVSTRALIYa – PERU. “Fisht” stadioni, Sochi

Ushbu o`yin Peru uchun ahamiyatsiz bo`lsa-da, “Sokkerouz” uchun ochko kerak. To`g`ri, hammasi narigi o`yinga bog`liq. Lekin avstraliyaliklar agar g`olib bo`lishsa, keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolishi mumkin. Bundan oldingi ikkita turda juda ham mazmunli o`yin ko`rsatgan Janubiy amerikaliklar ushbu uchrashuvda ham g`oliblik uchun maydonga chiqadi. Bu esa o`yinga bo`lgan qiziqishni oshirishi tabiiy. Uchrashuvga rossiyalik Sergey Karasev “brigada”si tayinlangan.
DANIYa – FRANSIYa. “Lujniki” stadioni, Moskva

Keyingi bosqichga chiqish uchun Daniyaliklarga durang ham kifoya. Agar fransuzlar birinchi o`rin bilan nimchorak finalga chiqishsa, Nigeriya yoki Argentina bahsi g`olibi bilan maydonga chiqishi mumkin. Shuningdek, Islandiya ham katta ehtimol bilan ikkinchi tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan Xorvatiya termasini yirik hisobda mag`lub etsa, balki vikinglar bilan o`ynar Desham shogirdlari.
Braziliyalik Sandro Richchi ushbu o`yinga bosh hakam sifatida tayinlangan.
“D” guruhi. 23:00
NIGERIYa – ARGENTINA. “Sankt-Peterburg” arena, Sankt-Peterburg

Shubhasiz, kunning eng qiziqarli bahsi deya talqin etilayotgan ushbu uchrashuvda g`olib keyingi bosqichga chiqadi. Albatta, narigi o`yindagi hisobga ham bog`liq ko`p narsa. Ammo bu jamoalardan biri yirikroq hisobda g`alaba qozonadigan bo`lsa, nimchorakda fransuzlar bilan o`ynashi mumkin. Agar Sampaoli shogirdlari keyingi bosqichga chiqa olishmasa, bu Messi o`ynagan eng yomon jahon chempionati bo`ladi.
Antonio Laos bu uchrashuvga jamoalarni etaklab tushadi.
ISLANDIYa – XORVATIYa. “Rostov” arena, Rostov

Dalich shogirdlari o`tgan uchrashuvda Argentinani yirik hisobda engib keyingi bosqich yo`llanmasini naqd qilib bo`lgandi. Bu bahs ular uchun unchalik ham ahamiyatli emas. Ammo islandlarga faqat va faqat g`alaba kerak. Biroq xorvatlar kuchlidek ko`rinyapti. Hamasini o`yin hal qiladi.
Uchrashuvga turkiyalik Junayid Chaqir guruhi hakam sifatida tayinlangan.
Shohrux No``monov, O`zA






