Kecha, JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Eron—Portugaliya o`yini so`ngida penalti belgilandi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Uchrashuv hakam Enrike Kaseres videotakrordan keyin 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Eronliklar esa uni aniq amalga oshirdi. Mazkur jarima to`pi turnirdagi 20-penalti bo`ldi. Jahon chempionatlari tarixida hali buncha ko`p penalti belgilanmagan edi. Bundan avvalgi rekord 18 ta penalti bo`lgandi. 1990, 1998, 2002 yillarda o`tgan jahon birinchiliklarida hakamlar 18 marotaba 11 metrlik jarima zarbasi belgilagandi.
JCh-2018 o`yinlarida hakamlar VAR – videotakrorlar tizimidan foydalanib, 11 metrli jaima zarbalarini belgilamoqda.






