AsosiySport

O`zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempioni bo`lishdi

'O`zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempioni bo`lishdi'ning rasmi

Joriy yilning 21-25 iyun kunlari Belarusning Minsk shahrida 8, 10 va 12 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar o`rtasida shaxmatning rapid va blis yo`nalishi bo`yicha ikkinchi jahon chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston shaxmat federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqada jahonning 27 mamlakatidan tashrif buyurgan 780 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida 15 nafar o`zbekistonlik shaxmatchilar ham bo`lib, ularga xalqaro shaxmat ustasi, O`zbekiston shaxmat federasiyasi bosh kotibi Sevara Boymurodova murabbiylik qildi.

O`zbekistonlik shaxmatchilardan Xumoyun Begmurodov (8 yosh) va Umid Omonov (12 yosh)lar ikkitadan oltin, Afro`za Hamdamova (10 yosh) esa bitta oltin va kumush medallarini qo`lga kiritdi. Bundan tashqari, Ruqiya Olimova (8 yosh), Shahrombek Karimov (10 yosh) hamda Olmos Rahmatullaevlar (12 yosh) bittadan kumush medal sohibi bo`lishdi.

Yakuniy hisobda O`zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan faxrli birinchi o`rinni egalladi. Ikkinchi o`rinni 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza bilan Rossiya terma jamoasi qo`lga kiritgan bo`lsa, uchinchi o`rin ukrainalik shaxmatchilarga nasib qildi.

Boshqa yangiliklar