Rossiyada bo`lib o`tayotgan Jahon chempionati F guruhida 3-tur o`yinlariga yakun yasaldi.
Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi Xesus Galyardo JCh-2018 guruh bosqichining 3-turi doirasidagi Shvesiya qarshi o`tkazilgan o`yinning 15-soniyasida qo`polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
Shu tariqa Galyardo Jahon Chempionatida eng tez sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi, deb yozioqda Olamsport nashri.
Avvalgi rekord 1986 yilgi mundial o`yinida 51-soniyadayoq qizil kartochka olgan urugvaylik Xose Batistaga tegishli edi.






