AsosiyJamiyat

“Eng ulug`, eng aziz” ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi

O`zbekiston Milliy matbuot markazida Vatanimiz mustaqilligining 23 yilligiga bag`ishlangan “Eng ulug`, eng aziz” respublika ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. 

Unda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyot va san`at namoyandalari, ma`naviyat targ`ibotchilari, jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Qutlug` bayram arafasida ijodiy bellashuvning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari bo`lib o`tdi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarda «Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go`zal O`zbekistonim!» degan ezgu g`oya o`z ifodasini topgan. Tanlovning respublika bosqichiga adabiyot, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, tasviriy san`at, fotografiya, dizayn, kino yo`nalishlari bo`yicha to`rt yuzga yaqin ijodkordan qariyb besh mingta ish tushdi. Taqdim etilgan asarlarda istiqlolning ma`no-mazmuni, xalqimiz tanlab olgan taraqqiyot yo`lining har tomonlama to`g`ri va hayotiy ekani, rivojlangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida erishilgan yutuq va marralarning mazmun-mohiyatini xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga hayotiy, ta`sirchan, sodda va ayni damda samimiy, o`ziga xos ijodiy yondashuv asosida ochib berilganiga e`tibor qaratildi. 

Tanlov yakunida turli yo`nalishlar bo`yicha g`olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar