Mustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo do`stlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qo`shgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va ma`naviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulug` ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan Termiz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentning farmoni e`lon qilindi. Farmon O`zA saytida e`lon qilindi.
Eslatib o`tamiz, 1996 yilda Samarqand va Shahrisabz shaharlari ana shu yuksak unvon bilan mukofotlangan edi.





