O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi huzurida “Ijod” nomli kutubxona-do`koni ochildi.
Ushbu kutubxonada 10 000 dan ortiq nomdagi va janrlardagi kitoblarni topish mumkin. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu kutubxonada yangi asarlarning taqdimotini o`tkazish, ijodiy uchrashuvlarni tashkillashtirish, shoir va yozuvchilar bilan suhbatlar uyushtirish va albatta kutubxona bisotini to`ldirish rejalashtirilgan.
Kutubxona ijodkorlar, pedagoglar, oliy o`quv yurtlar talabalari hamda adabiyot muxlislari uchun ochiq.