Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g`oyani rivojlantirish, ma`naviyatimizni tiklash, o`zligimizni anglash yo`lida katta hissa qo`shgan, yorqin iste`dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida sog`lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator yurtdoshlarimizni faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlash to`g`risida Prezident farmoni e`lon qilindi.
Unga ko`ra, bir guruh O`zbekiston fuqarolari qo`yidagi faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotlandi:
“O`zbekiston Respublikasi xalq artisti”
“O`zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”
“O`zbekiston Respublikasi xalq ustasi”
“O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi”
“O`zbekiston Respublikasi xalq hofizi”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sog`liqni saqlash xodimi”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi”
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi”
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
“El-yurt hurmati” ordeni
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni
“Mehnat shuhrati” ordeni
II darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni
“Do`stlik” ordeni
“Shuhrat” medali
Taqdirlanganlarning to`liq ro`yxati bilan O`zA saytida tanishib chiqishingiz mumkin.





