AsosiyDunyo

Er talashgan o`g`il onasini traktor tagiga tashladi (Video)

'Er talashgan o`g`il onasini traktor tagiga tashladi (Video)'ning rasmi

Hindistonda ikki erkak er uchastka kimga tegishli ekanini aniqlolmay janjallashib qolishdi, deb ma`lum qilmoqda Layf nashri.

Shundan so`ng ular sudga murojaat etishgan. Sud esa er faqat bir kishiga tegishli ekanini belgilab bergan. Bunga ko`nmagan ikkinchi tomon aqldan ozayozgan.

Video kadrlaridan ko`rish mumkinki, er egasi traktor haydamoqda, raqibi esa keksa onasini sudrab traktor tagiga tashlagan. Sharti ketib, parti qolgan onaning qo`lidan hech narsa kelmagan.

Shundan so`ng polisiyaga xabar berilgach, battol o`g`il keksa onasiga shafqatsizlarcha munosabatda ayblandi.


Boshqa yangiliklar