AsosiyShou-biznes
24440

Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o`ynadi

Shahzodaning instagram sahifasini kuzatadigan bo`lsak, ijodiy faoliyatini virtual kuzatish, yangiliklaridan boxabar bo`lib turish mumkin...


Misol uchun, xonanda sal kam bir oydan buyon reklama qilayotgan "Jajji qizaloq" nomli yangi qo`shig`iga ishlangan klipni ertaga muxlislar e`tiboriga havola etadi. Soat 17:00 dan boshlab barcha musiqiy kanallarda namoyish etiladigan video ketma-ketlikning rejissyori Yodgor Nosirov.


Darvoqe, klipda Shahzodaning bolalik davrini mahorat bilan ijro etgan kichkintoy model ham san`atga begona emas. E`zoza ismli aktrisa barchaga ma`lum va mashhur raqqosa Parizodaning to`ng`ich farzandi.




U onasining izidan borib san`atni tanlaganga o`xshaydi. Shiringina qizaloqning barcha fotolarini esa uning instagram sahifasida - @ezoza_doll tamosha qilishingiz mumkin.


Boshqa yangiliklar