So`nggi paytlarda biroz kam ko`rinish berayotgan xonanda Jasur Umirov ayni paytda ko`proq oila qurish haqida bosh qotirayotganga o`xshaydi...
Chynki u jurnalistlar bilan bo`lgan suhbatda kelajakdagi oilasini qanday tasavvur etishini so`zlab berdi:
— Oilamning suratini xayolimda gavdalantirganimda ko`p bolali bo`lish ko`z o`ngimdan o`tadi. Farzandlarim kamida 4-5 ta bo`lishi aniq. Chunki uyda bolalarning qiy-chuv qilib, yugurib yurishini yaxshi ko`raman. Turmush o`rtog`im esa, bolalarning tarbiyasi bilan band bo`ladi. Ishlamaydi (kuladi).