AsosiyShou-biznes

Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

'Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...'ning rasmi

Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz...

— Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga kserokopiya qilingan pul to`lash kerak”, degandi. Bu fikrga qo`shilasizmi?

(Miriqib kuladi) Uni haq yo nohaq, deyolmayman. Jonli ijro qiladigan xonanda albatta o`z ustida ishlaydi. Bunday hamkasblarimga fonogrammada ishlaydiganlar yoqmasligi aniq. Hamma narsaning o`z vaqti-soati bor. Lekin ishonchim komil, har bir xonanda jonli ijroga etib keladi va yutuqlaridan g`ururlanib yuradi.

— Xonanda Munisa Rizaeva “Xalqalar do`stligi”ning texnikasi talabga javob bermaydi”, degandi. Ovoz rejissyori Igor Iosis esa aksini ta`kidlagandi...

— Munisaning konsertini ko`rganman, qiynalganini sezganim yo`q. Jonli ijrosi menga juda yoqqandi. Aslini olib qarasa, ijodkorning o`zidan ko`ngli to`lmasligi tabiiy hol. “Xalqalar do`stligi”ning texnikasi esa talabga javob beradi. O`zimizda ham, Moskvada ham jonli ijroda ishlab ko`rganim uchun imkoniyatlarni farqlay olaman.

— Munisaning jonli ijrodagi konserti manzur kelganini aytdingiz. Sizning jonli ijrodagi konsertingiz ham muxlislarga manzur kelgan bo`lardi. Nima to`sqinlik qilyapti?!

(Kuladi) Xudo xohlasa, yuz foizlik jonli ijroda konsert beraman. To`sqinlik bu – o`zimiz va dangasaligimiz. Ochig`i, vaqtim kamligi uchun o`z ustimda ishlashga imkon bo`lmayapti. Texnika va boshqa holatlarni bahona qilish noto`g`ri. O`zini hurmat qilgan istalgan xonanda jonli kuylay oladi, bu aniq.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar