Olmaota viloyatining markaziy hududlaridan biri Taldiqo`rg`onda “Jeticy” va “Ogni Alatou” tuman gazetalarining 100 yilligi keng nishonlandi. Qutlug` sana munosabati bilan Olmaota viloyat hokimi Omondiq Batalov ushbu nashrlardagi jurnalistlarga yangi uylarning kalitlarini topshirdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Shunday qilib, har bir nashrdan uch nafardan jurnalist barcha qulayliklarga ega bo`lgan, zamonaviy uslubda qurilgan kvartiralarga ega bo`ldi. Shuningdek, besh nafar jurnalist “Axborot sohasining fidoyisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Etakchi jurnalistlarga viloyat hokimi nomidan faxriy yorliqlar, minnatdorchilik xatlari va qimmatbaho sovg`alar ham taqdim etildi.

Tantanalar bayram konserti bilan davom etdi va ko`tarinkilikda yakunladi. 28 iyun jurnalistlarning kasb bayrami munosabati bilan 200 nafardan ko`proq soha xodimlari taqdirlandi.






