1

Yangi milliy serial: “Fitna”

Madaniyat 05.07.2018, 12:16
Yangi milliy serial: “Fitna”

Yozuvchi Jamila Ergashevaning « Qir ustidagi ayol” asari,Dilshod Ahmedov ssenariysi asosida suratga olingan “Fitna” nomli milliy serial 9 iyuldan e`tiboran “Mening yurtim” telekanalida tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.

SerialMoskva, Dubay hamda Hindiston, Amerika Qo`shma Shtatlarida suratga olingan bo`lib, unda To`xtamurod Azizov, Matyaqub Matchonov, Muxammadiso Abduxayirov, Muyasar Berdiqulova, Jamil G`ofurova, Feruza Normatova, Sevara Solieva, Akmal Nazarov, Jasur Kenjaev,Lola Pirimqulova, Mukarama Bekmurodova, Botir Inog`omxo`jaev, Vazira Yunusova, Bahora Arslonova, Mirolim Qilichevlar rol ijro etishgan.

Teleserial 80 qismdan iborat bo`lib, unda oila muqaddasligi, uni saqlab qolish uchun ikki tomon ham sabr-matonat bilan harakat qilishi, oila farovonligi bebaho nema`tligi haqida so`z yuritiladi. Hayot chig`iriqlariga sabr qila olmaganlarni oldinda afsus-nadomatlarga to`la kunlar kutayotgani ishonarli voqealar bilan ko`rsatib berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1