AsosiySport

Ravshan Ermatov JChda boshqa ishlamasligi sababi ma`lum bo`ldi

'Ravshan Ermatov JChda boshqa ishlamasligi sababi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Jahon chempionatining so`nggi qismidagi hakamlar ro`yxatiga kiritilmagani haqida xabar bergandik.

«Xalq so`zi» o`zbekistonlik hakamning 17 nafar saralanganlar ro`yxatiga kiritilmagani sabablarini aniqladi. Nashr xabariga ko`ra, Ravshan Ermatovning yordamchi hakamlaridan biri sanalgan Abduhamidullo Rasulovda jarohat bo`lgan. U Ermatov boshqargan ikki o`yinda ham jarohati bilan ishlagan. Ikkinchi uchrashuvdan so`ng jarohat o`z so`zini aytgan. FIFA hakamlar qo`mitasi so`nggi kunga qadar Rasulovning jarohatidan forig` bo`lishini kutgan, biroq qanot hakami so`nggi kunlarda hattoki hakamlar mashg`ulotlarida ham ishtirok eta olmagan. Natijada Ermatov brigadasi jahon chempionatining yakunlovchi qismida ishlamaydigan bo`ldi.

Shu boisdan ham Ermatovning mundialda ishlamasligi, uning hakamlik saviyasidan kelib chiqib emas, balki yordamchi hakamning jarohati sabab yuz bergan.

FIFA hakamlarning yakuniy ro`yxatini e`lon qilgan bo`lishiga qaramay, Ermatov Moskvada qoladigan bo`ldi. Bu ham FIFAning unga bo`lgan ishonchi so`nmaganidan dalolat beradi.

Izoh: Ko`pchilikda savol tug`ilishi mumkin: Ermatovga boshqa yordamchi hakam berish mumkin emasmidi? Yo`q. FIFA hakamlarning doimiy brigada bo`lib ishlash prinsipiga sodiq qoladi. Uchala hakamning bir-birini tushunishi, qalin munosabat o`rnatganligi tashkilot uchun eng muhim masala.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar