AsosiySport

Nafisa Mo`minova FIDE Gran-prisining oltinchi bosqichida ishtirok etadi

Joriy yilning 25 avgust – 7 sentyabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida shaxmat bo`yicha xotin-qizlar o`rtasida FIDE Gran-prisining so`nggi oltinchi bosqich musobaqalari o`tkaziladi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi rasmiy sayti olympic.uz xabar beradi.

Dunyoning 9 davlatidan 12 nafar etakchi grossmeyster ishtirok etadigan ushbu musobaqada hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nafisa Mo`minova ham o`rin olgan. 

24 avgust kuni FIDE Gran-prisining oltinchi bosqich musobaqalarining ochilishiga bag`ishlangan marosimda musobaqaga qur`a tashlash marosimi o`tkazildi. Unga ko`ra hamyurtimiz Nafisa Mo`minova (2315) birinchi turda xitoylik Xou Ifanga (2661) qarshi oq donalarda bahs yuritadi. 

    Boshqa yangiliklar