Avvalroq, xorijiy OAV tomonidan Taylandning Pxuket oroli sohillarida kuchli po`rtana tufayli 2 ta sayyohlik kemasi halokatga uchragani haqida xabar tarqatilgan edi.
“The Nation” gazetasining so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, baxtsiz hodisada qurbon bo`lganlar soni 18 nafarga etgan, xitoylik 39 sayyoh esa bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, halokatga uchragan sayyohlik kemalaridan biri - “Phoenix” ga chiqqan 105 kishining 93 nafari yo`lovchi, 12 tasi ekipaj a`zolari va gidlar bo`lgan.
Bugundan Pxuket portida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. 10 metr uzunlikdagi qayiqlarning dengizga chiqishi taqiqlab qo`yilgan.
06.07.2018 08:36
Taylandda sayyohlik kemasi halokatga uchradi, qurbonlar ko`p






