Parijdagi qamoqxonalardan birida Fransiyada nomi chiqqan bosqinchi-residivist qochdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Qamoqxonadan qochgan jinoyatchi Reduan Faid ahloq tuzatish muassasasi hovlisidan chiqib, orqa tarafdan o`zini kutib turgan vertolyotga o`tirgan. Uning ozodlikdagi sheriklari instruktor uchuvchini garovga olib, vertolyotni olib kelishgan. Qidiruv operasiyasi paytida vertolyotning qoldiqlari topilgan – jinoyatchilar uchish apparatini yoqib yuborishgan. Hozirda Faidni 3 ming nafar polisiyachi qidirmoqda.






