Shimpanze bolasi onasini yo`qotgach, bir er-xotin uni asrab olishgan edi, deya yozmoqda Yandex nashri.
Maymuncha pnevmoniya bilan tug`ilgan edi. Shu bois onasi undan voz kechgan. Uni asrab olgan Xorxe va Tanya unga mehr-muhabbat hadya etishdi.
Limbani laqabli shimpanzeni hayvonot bog`iga olib ketishgach, Xorxe va Tanya uni tez-tez ko`rgani borib turishdi.
Mana, bu safar ham Limbani ota-onasi kelganidan boshi ko`kka etib, quvonchini yashirib o`tirolmadi.






