Kaliforniyada ayiq mahalliy aholining uylaridan biriga kirib jakuzida cho`mildi, deya yozmoqda The Sacramento Bee nashri.
Xonadon egasi Mark Xofning aytishicha, u kunduz kuni sinayotgan shoxlar va barglarning shitir-shitir ovozini eshitgan. Avvaliga unchalik e`tibor bermagan bo`lsa-da, keyin orqa hovliga o`tib bir ayiqning devordan oshib tushayotganini ko`rgan.
Ayiq avvalboshda jakuzida maza qilib cho`milgan. So`ngra kokteyl ichgan.
Miriqib dam olgan ayiq astagina “dam olish zonasi”ni tark etgan.






