1

O`zbekistonlik delegasiya Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan gripp bo`yicha seminarda qatnashmoqda

Salomatlik 28.08.2014, 16:34
O`zbekistonlik delegasiya Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan gripp bo`yicha seminarda qatnashmoqda

28-29 avgust kunlari Sankt-Peterburgda bo`lib o`tayotgan gripp bo`yicha seminarda o`zbekistonlik mutahassislar ham ishtirok etishmoqda. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

MDX davlatlari ichida Turkmanistondan tashqari barcha davlatlardan jami 40 nafar gripp bo`yicha etakchi tadqiqotchilar ushbu seminarda ishtirok etishadi. Seminarda insoniyat duch kelgan 370 turdagi gripp viruslari, barcha shtammlar borasidagi ma`lumotlar saqlanuvchi GISAID-gripp borasidagi ma`lumotlar bazasining imkoniyatlari muxokama qilinadi. Aytish lozimki, inson va hayvon gripi bo`yicha bunday qo`shma ilmiy seminar ilk bor o`tkazilmoqda. Seminarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Singapur hamda Rossiya tadqiqotchilari gripp viruslarining genetik analizlari haqidagi chiqishlari bilan qatnashishadi.  Shuningdek unda, gripp viruslarini o`rganishdagi amaliy-ilmiy ko`mak beruvchi GISAID  hamda GISAID EpiFlu  yangi ma`lumotlar bazalarining platformalari haqida so`z boradi. Bunday seminar joriy yilning sentyabr oyida “Yagona olam. Yagona salomatlik. Yagona gripp” shiori ostida Oksfordda ham bo`lib o`tadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1