Turkiyada poezdning oltita vagoni relsdan chiqib ketdi, deya xabar bermoqda Ntv nashri.
Temiryo`l transporti halokati oqibatida o`n kishi halok bo`ldi, kamida 73 kishi tan jarohati olgan. Poezd Kapikule shahridan Istanbulga yo`l olgan edi. Halokat Tekirdag provinsiyasida kuchli yog`ingarchilik tufayli sodir bo`lgan. Yomg`ir yog`ishi oqibatida temiryo`l relsida siljish sodir bo`lgan.
Yaralanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga jo`natildi, mahalliy aholidan esa qon topshirish so`ralmoqda.






