Har ikkisi dunyoga taniqli bo`lgan ushbu aktyorlarning to`ylari haqidagi ma`lumotlar ommadan sir tutilayotgan edi. Bugun esa ular o`tgan haftada, ya`ni 23-avgust kuni turmush qurganliklari ma`lum bo`ldi, deb yozadi Lenta.ru nashri.
To`y marosimi kichik doirada Fransiyada bo`lib o`tdi. Ma`lumotlarga ko`ra, to`yda ularning farzandlari, do`stlari va oila a`zolari qatnashishdi. Ularning quvonchi cheksiz edi.
Eslatib o`tamiz, Pitt va Djolining 6 nafar farzandlari bor. Ularning 3 nafari asrab olingan bolalardir.





