AsosiyDunyo

AQSh davlat kotibi Ashraf G`ani bilan uchrashdi

'AQSh davlat kotibi Ashraf G`ani bilan uchrashdi'ning rasmi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Afg`onistonga tashrifi chog`ida mamlakat prezidenti Ashraf G`ani bilan uchrashib bir qator mavzular bo`yicha muzokaralar olib bordi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Poytaxt Qobulda bo`lib o`tgan Pompeo va Ashraf G`ani ishtirokidagi muzokaralarda AQSh davlat kotibi Vashingtonning “Tolibon” harakati bilan tinch muzokaralar o`tkazishga chorlovini yana bir bor takrorlagan. U AQSh Kobul rahbariyati ostida ixtilofni tinch yo`l bilan hal qilish tarafdorligini tasdiqladi. Bunda tolibonlar terrorchilikdan voz kechishi, “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzishi va mamlakat konstitusiyasining qoidalarini qabul qilishi kerak.

Ashraf G`aninig so`zlariga ko`ra, yarashuvga erishish bo`yicha sa`y-harakatlar davom etadi. AQSh davlat kotibining Afg`onistonga ilk tashrifi davomida shu kabi mavzular muhokama qilingan.

    Boshqa yangiliklar