AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi 7 ta bank MDH davlatlarining eng yaxshi banklari qatoridan joy oldi

“RIA Reyting” reyting agentligi MDH davlatlari doirasida banklar borasida tadqiqot o`tkazdi.

Tadqiqotda MDH davlatlarining 200 dan ortiq banklarining reytingi tuzildi. Natijalarga ko`ra, MDHning 1300 banki ichidagi 200 ta eng yaxshi banklar reytingi ichida Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog`iston, Moldova, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina va O`zbekiston kabi 9 mamlakatning banklari kiritildi. Bu xaqda Podrobno.uz xabar beradi.

O`zbekiston asosan banklar sonining ko`payayotgani bilan reytingning 100-200 gacha bo`lgan pog`onalaridan joy oldi. O`tgan yillar davomida MDX davlatlarining eng yaxshi banklari reytingida faqat birgina O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o`rin olgan bo`lsa, bu yilgi reytingda O`zbekistonning 7 banki ushbu reytingdan joy oldi. 

    Boshqa yangiliklar