AsosiyJamiyat

1-shahar klinik shifoxonasi oldida tramvay ishtirokidagi YTX chog`ida ayol kishi vafot etdi

Bugun ertalab Shayxontoxur tumanida mahalliy vaqt bilan tahminan 09:30 larda 8-raqamli tramvay 1-shahar klinik shifoxonasining qarama-qarshi tomonda keksa ayolni urib yubordi. Bu haqda Uz24.uz nashri xabar beradi.

Yo`l transport hodisasi ayol kishining aybi bilan sodir bo`lgan. Chunki u piyodalar o`tish joyidan emas, tramvay izi ustidan yo`lning narigi tarafiga o`tmoqchi bo`lgan. Svetoforning yashil chirog`ida yurib kelayotgan tramvay haydovchisi esa transportni to`xtatishga ulgurmagan. Olingan jarohatlar tufayli ayol voqea joyida vafot etgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyda ayni damda huquqni muhofaza qilish organ hodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar