AsosiyJamiyat

Bayram munosabati bilan bir qator ko`chalarda transport harakati cheklanadi

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma uch yilligi bayrami tantanalarini o`tkazish vaqtida yo`llarda harakatlanish havfsizligini ta`minlash maqsadida Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahri ko`chalarida harakatlanish havfsizligini ta`minlash haqida”gi 145-sonli farmoyishga imzo chekdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.

Unga ko`ra, joriy yilning 31 avgust kuni soat 15:00 dan 23:00 gacha quyida nomlari keltirilayotgan ko`chalarda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

Bular: Bunyodkor ko`chasi-Muqimiy ko`chasidan Qoratosh ko`chasigacha,
Qoratosh ko`chasi – Samarqand darboza ko`chasidan O`zbekiston ko`chasigacha,
O`zbekiston ko`chasi – Bunyodkor ko`chasidan Olmazor ko`chasigacha,
Bobur ko`chasi – O`rikzor ko`chasidan Sharshara ko`chasigacha,
Beshyog`och ko`chasi – O`zbekiston ko`chasidan Olmazor ko`chasigacha,
Furqat ko`chasi – Sharshara ko`chasidan A.Navoiy ko`chasigacha,
Olmazor ko`chasi – O`zbekiston ko`chasidan Beshyog`och ko`chasigacha,
Sebzor ko`chasi tonnelga tonnelga kirish yo`lidan,
Zarqaynar ko`chasi tonnelga kirish yo`lidan. 

Shuningdek, 1 sentyabr kuni bayram tadbirlari o`tkaziladigan A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`iga, Toshkent Hayvonot bog`i oldi maydoniga, “Quyoshcha nuri” bog`iga, “Furqat”, “Mirzo Ulug`bek”, “G`ofur G`ulom”, “Bobur” nomidagi madaniyat va istirohat bog`lariga tutash ko`chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to`xtatilishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar