AsosiyJamiyat

Hamza tumanining nomi Yashnobod deb o`zgartirildi

Toshkent shahar Hamza tumanining nomini Yashnobod tumani deb o`zgartirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati xabar beradi.

2014 yil 29 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n beshinchi yalpi majlisi o`z ishini davom ettirdi. 

Senatorlar yalpi majlisning ikkinchi kunini Toshkent shahar Hamza tumanining nomini o`zgartirish to`g`risidagi masalani muhokama qilishdan boshladilar. Ushbu masala O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Geografik ob`ektlarning nomlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq tayyorlanganligi va kiritilganligi ko`rsatib o`tildi. Ushbu masala Toshkent shahri aholisi o`rtasida, fuqarolar yig`inlari faollarining, jamoat tashkilotlari vakillarining, xususan, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O`zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar vakillarining majlislarida oldindan muhokama qilindi. Senatorlar masalani har tomonlama muhokama qilganlaridan keyin hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik ob`ektlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish masalalari bo`yicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Toshkent shahar Hamza tumanining nomini Yashnobod tumani deb o`zgartirish to`g`risida qaror qabul qildilar.

    Boshqa yangiliklar