2014 yil 29 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Konstitusiyaviy sud va Oliy sudning yangi raislarini sayladi. Bu haqda O`zA xabar beradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Shayunus Ayubdjanovich Gazievni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi etib sayladi va shu munosabat bilan u O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, Senat Buritosh Mustafaevni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisining o`rinbosari etib sayladi va shu munosabat bilan u O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
Baxtiyar Shamsutdinovich Mirbabaev esa O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining raisi etib saylandi va shu munosabat bilan u O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisining o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Ushbu qarorlar qabul qilingan kundan e`tiboran kuchga kirdi.





