AsosiyShou-biznes

Bred Pitt va Anjelina Jolining hammadan sir tutilgan to`ylaridan ilk suratlar paydo bo`ldi

Aytish lozimki, mashxur aktyorlar Bred hamda Anjelinaning to`ylari haqidagi ma`lumotlar avvaldanoq ommadan sir tutildi. Biroq shu yilning 23 avgust kuni ular Fransiyadagi shaxsiy Chateau Miraval  qasrida turmush qurganliklari haqidagi xabar internet nashrlari orqali tarqalib ketdi.

Ommaga to`y marosimi kichik doirada Fransiyada bo`lib o`tgani, unda ularning farzandlari, do`stlari va oila a`zolari qatnashgani haqidagi ma`lumotlardan boshqa hech narsa oshkor qilinmayotgan edi. Bugun esa barchaning e`tiborida bo`lgan ushbu ajoyib hodisa haqidagi ko`plab ma`lumotlar internet nashrlarida paydo bo`ldi. Bu haqda news.day.az nashri xabar beradi.

Eng avvalo aktyorlarning to`y kuni tushgan suratlari mashxur “People”, “HELLO” jurnallarining rangli muqovalarida chop etildi.

Anjelinaning kelin ko`ylagi Atelier Versace tomonidan tikilgan. Oq libosning fatasi esa aktyorlarning farzandlari chizgan suratlar asosida yaratildi. Turli ommaviy axborot vositalariga bergan intervyuda aktyorlar “Bu kun biz uchun rasmiy bir marosim emas, baxtli kunlarimizning yana bir bo`lagi, davomi bo`lishini istadik” deya fikr bildirishdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar