1

3 yoshli qizaloq o`z dafn marosimida tirildi

Dunyo 03.09.2014, 16:49
3 yoshli qizaloq o`z dafn marosimida tirildi

Filippinning Avrora shahri, Janubiy Zamboanga provinsiyasida dafn etilayotgan 3 yoshlik qizaloq ko`zini ochdi, boshqacha qilib aytganda tirildi. Bu haqda www.glunews.ru nashri xabar beradi.

Qizaloq bir necha kun bezgak bilan og`rigan. Uning ahvoli og`irlashgach, ota-onasi shifoxonaga olib borgan. Bemorni bir muddat tekshirgach, shifokorlar uning yuragi urmayotganini va qizaloq bezgakdan vafot etganini aytishdi.

Qizaloqni dafn etish chog`ida barcha yaqinlari u bilan so`nggi bor hayrlashish istagida qizaloq yotgan tobutning ustki qismi ochilgan vaqtda, qizaloq birdan boshini qimirlatadi. Uning tirik ekanini ko`rgan ota-onasi qizaloqni yana shifoxonaga olib borishdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni damda qizaloq uyda davolanmoqda. Uning ahvoli xali hamon og`irligicha qolmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1