AsosiySport

Shohjahon Ergashev ugandalik raqibga qarshi ringga ko`tariladi

'Shohjahon Ergashev ugandalik raqibga qarshi ringga ko`tariladi'ning rasmi

Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan o`zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev 19 avgust kuni Moskva shahrida navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

Ergashevga ugandalik Juma Vasva raqiblik qiladi. Ushbu jangda Shohjahon o`zining WBA International kamarini himoya qiladi.

Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan. Bahslarning 12tasida raqiblarini nokaut evaziga mag`lub etgan.

Vasva esa bungacha professional boksda 13 ta jang o`tkazib, ularning 10 tasida g`alaba qozongan (4ta nokaut). 2ta jangda mag`lub bo`lgan bo`lsa, 1ta to`qnashuvda durang qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar