2014 yil 29 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Radiasiyaviy xavfsizlik to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo`lgan hududlarda yashovchi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta`minlash maqsadida belgilangan hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar nimalar bilan ta`minlanishi lozimligini belgiladi.
Unga ko`ra:
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo`lgan hududlarda yashovchi fuqarolar:
a) salomatlikni muhofaza qilish va nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bilan bog`liq kasalliklar profilaktikasi sohasida:
yashash joyi bo`yicha sog`liqni saqlash muassasalarida har yili tibbiy ko`rikdan o`tish;
yuqori nurlanish dozasini olgan shaxslar - O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dori vositalari;
korxonalar va muassasalar xodimlari - O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normalar bo`yicha korxonalar va muassasalar mablag`lari hisobiga beriladigan sut;
b) aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish sohasida:
umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflari o`quvchilari - har yili maktab ta`tillari vaqtida bolalarni sog`lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yo`llanmalar;
I va II guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar - har ikki yilda kamida bir marta O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi sanatoriylariga bepul yo`llanmalar bilan ta`minlanadilar.





