AsosiyDunyo

Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga yana sakkiz yillik qamoq jazosi tayinlandi

'Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga yana sakkiz yillik qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

Mamlakat sudi sobiq rahbar Pak Kin Xeni davlat mablag`larini talon-taroj qilganligi va partiya faoliyatiga aralashuvi uchun 8 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Sud qaroriga ko`ra, shuningdek, Pak Kin Xega 3,3 milliard von ( 3 million AQSh dollari) miqdorida jarima ham belgilangan.

Avvalroq, ya`ni joriy yilning aprel oyida Seul markaziy sudi ham mamlakatning sobiq rahbarini 24 yilga ozodlikdan mahrum etish bo`yicha qaror chiqargan.

Eslatib o`tamiz, 2017 yilda Pak Kin Xe korrupsiya, poraxo`rlik, lavozim vakolatlarini suiste`mol qilganlik, davlat sirlarini oshkor etishda gumon qilinib, hibsga olingan edi.

    Boshqa yangiliklar