1

Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko`p qavatli uy quriladi

Siyosat 20.07.2018, 18:49
Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko`p qavatli uy quriladi

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko`p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo`lib, bu o`tgan yilga nisbatan 3 barobar ko`pdir.

Jumladan, Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig`ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Shavkat Mirziyoev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta ko`p qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72 ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yo`lidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini o`zlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1