1

Ukraina sharqida o`t ochishni to`xtatish to`g`risida hujjat imzolandi

Dunyo 06.09.2014, 10:23
Ukraina sharqida o`t ochishni to`xtatish to`g`risida hujjat imzolandi

Ukraina sharqida hukumat kuchlari hamda ko`ngilli askarlar o`rtasida o`t ochishni to`xtatish to`g`risidagi hujjat kuchga kirdi. Bu haqda Euronews xabar beradi.  

Ushbu hujjat 5 sentyabr kuni Minsk shahrida imzolandi. Muzokaralarda Kiev, Donesk, Lugansk, Moskva hamda Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.

Minskdan kelgan xabardan so`ng, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi rahbariga 5 sentyabr mahalliy vaqt bilan 18:00 dan o`t ochishni to`xtatishni buyurdi.

“Hujjat Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi inobatda olinib, Donesk hamda Lugansk viloyatlarida tinchlik va barqarorlikni o`rnatishga qaratilgan 12 banddan tashkil topgan”,-dedi NATO sammitida bo`lib turgan Pyotr Poroshenko.

Rossiya hukumati esa Minskda imzolangan kelishuvni ma`qulladi va hujjatda keltirilgan shartlar ikkala tomondan bajarilishiga umid qilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1