AsosiyDunyo

Yaponiyada jazirama tufayli 22,5 ming kishi shifoxonaga yotqizildi (video)

'Yaponiyada jazirama tufayli 22,5 ming kishi shifoxonaga yotqizildi (video)'ning rasmi

Kunchiqar mamlakatda jazirama tufayli o`tgan haftada 65 kishi hayotdan ko`z yumgan, shifoxonaga yotqizilganlar 22,5 mingdan ziyod.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 – 22 iyul kunlaridagi jaziramadan ko`proq mamlakat poytaxti, Aiti, Osaka, Saitama, Xyogo, Tiba va Kioto prefekturalari aholisi aziyat chekkan.

Kecha esa Yaponiyada rekord darajadagi jazirama qayd etildi. Mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, Tokiodan uzoq bo`lmagan hududlarda, xususan, Saytama prefekturasining Kumagaya shahrida havo harorati 41,1 daraja issiqni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar